AsosiySalomatlik

Alkogol jinsiy faoliyatga qanday ta`sir ko`rsatadi? Spirtli ichimlikning grippda foydasi bormi?

'Alkogol jinsiy faoliyatga qanday ta`sir ko`rsatadi? Spirtli ichimlikning grippda foydasi bormi?'ning rasmi

“Spirtli ichimliklar jinsiy faoliyatga qanday ta`sir ko`rsatadi?”

Ulug`bek, Andijon viloyati

–Alkogolli ichimliklarning jinsiy faoliyatga ta`siri haqida har xil fikrlar mavjud. Lekin asosiy fikr shuki, ular baribir jinsiy faoliyatni yomonlashtiradi. Ba`zida endigina spirtli ichimliklarni ichishga o`rgangan erkaklarda bu ichimliklarni iste`mol qilgandan keyin qo`shilishda ereksiya holatida o`zgarish kuzatiladi, ya`ni jinsiy muloqot vaqti cho`zilganday bo`ladi. Lekin bu holat odatda ko`pga bormaydi va akasincha qo`shilish vaqtiqisqarib ketadi. Shuning uchun yolg`onchi hislarga aldanib, alkogolga ruju qo`yish yaxshilikka olib kelmaydi.

SPIRTLI IChIMLIKNING FOYDASI BORMI?

“Spirtli ichimliklardan ozroq ichilsa tanadagi kasallik tarqatuvchi mikroblarni o`ldiradi, deyishadi. Masalan kishi gripp xastaligiga chalinganda. Shu to`g`rimi?”

U.Abdullaev, Asaka tumani

–Spirtli ichimliklar infeksion jarayonga hech qanday foydali ta`sir ko`rsatmaydi. Chunki spirtli ichimlik tarkibida infeksiyani o`ldiradigan, bakterisid holatga ega bo`lgan moddalar yo`q. Ba`zi kishilar spirtli ichimlik ichish evaziga tanasi qizishi hisobiga kasallikka foyda beradi deb o`zini o`zi aldashi mumkin. Boshqa tomondan spirtli ichimliklarni ichish immunitetni tushirishi hisobiga infeksion jarayonnni kuchaytirib yuborishi ham mumkin. 

Savollarga urolog shifokor Boriy Nurmuhammedov javob berdi.

Boshqa yangiliklar