2019 yil 7 oktyabrda «Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risi»da Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2019-2020 yillarda hududlar kesimida zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish jadvali tasdiqlandi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu jadvalga asoslangan takliflardan kelib chiqib o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish huquqi berildi.
Qarorga muvofiq, zargarlik markazlari asosan hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarida, shuningdek, tegishli hududlarning turistik yo`nalishlarida joylashtiriladi.
Shuningdek, zargarlik markazlarini tashkil etish uchun tashabbuskorlarga foydalanilmayotgan bino va inshootlar “nol” xarid qiymatida sotiladi.
Ushbu markazlarni tashkil etilishida hamda respublikada o`tkaziladigan xalq amaliy san`ati festivallarida qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga:
- kirish vizalari rasmiylashtirishda konsullik va boshqa yig`imlar undirilmaydi;
- ko`p martalik vizalar rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi.