AsosiyJamiyat

XTV:O`quvchilar ataylab ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish uchun o`qituvchilar tomonidan polga yotqizilgan holda rasmga olingan

'XTV:O`quvchilar ataylab ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish uchun o`qituvchilar tomonidan polga yotqizilgan holda rasmga olingan'ning rasmi

Surxondaryo viloyat hokimiyati, viloyat prokuraturasi, viloyat xalq ta`limi boshqarmasi va Sho`rchi tuman hokimiyati vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tumandagi viloyat ko`zi ojiz va zaif ko`ruvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yotoq joy etishmaganligi haqidagi xabarlarni o`rganib chiqdi.

Ayni vaqtda Sho`rchi tumanidagi viloyat ko`zi ojiz va zaif ko`ruvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 265 nafar o`quvchi ta`lim-tarbiya olmoqda. Ularning 206 nafari muassasasa yotoqxonasida istiqomat qiladi. Qolgan 59 nafar o`quvchi o`z uyidan maktab-internatga qatnab o`qiydi. 

Surxondaryo viloyat xalq ta`limi boshqarmasi taqdim etgan ma`lumotiga ko`ra, o`rganish jarayonida maktab-internat kutubxonachisi S.Ergasheva va boshqa o`qituvchilar bilan suhbat o`tkazildi. 

Aniqlanishicha, 2019 yilning 20 sentyabr kuni 3-“B” sinf o`qituvchilari M.A. hamda S.Q.  o`quvchilarni darsdan olib chiqib, maktab-internati kutubxonasiga polga matras ko`rpalarni to`shab, o`quvchilarni yotqizgan holda rasmga olgan. So`ngra o`quvchilarni yotoqxonadagi o`zlarining yashash joylariga chiqarib yuborgan. Ushbu holatni maktab-internat o`qituvchisi B.J. ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Ishchi guruh vakillari 3-“B” sinf o`quvchilari bilan ham suhbat o`tkazdi. Ular hech qachon polda yotmaganligini va barcha o`quvchilarga o`qish hamda yotoqxonalarda to`liq shart-sharoitlar yaratilganligini ma`lum qilishdi.

Surxondaryo viloyat xalq ta`limi boshqarmasi Sho`rchi tumanidagi viloyat ko`zi ojiz va zaif ko`ruvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o`qituvchilari B.J., M.A. va S.Q. larning ushbu xatti-harakatlarini qonun doirasida ko`rib chiqilishi bo`yicha tuman prokuraturasiga murojaat qildi.  Hozirda ushbu holat bo`yicha Sho`rchi tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

https://t.me/xtv_press/37

    Boshqa yangiliklar