10 oktyabr kuniO`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Abdug`ofur Ahmedov Surxondaryo viloyatiga jo`nab ketishdi.
Ular manzilga etib borishgach, o`z safarlarini ulug` bobokalonimiz Hakim Termiziy qabrining ziyorati ila boshlashdi. Qur`oni karim oyatlari tilovat qilinib, yurt obodligi, xalqimiz farovonligi, mirishkor dehqonlarimizning hosillariga baraka tilab ezgu duolar qilindi.
Ma`lumki, buyuk mutafakkir ziyoratgohi viloyatdagi eng obod, eng ko`rkam maskanlardan biriga aylandi. Bu dargohga ziyoratga keluvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar soni ham yildan-yilga ko`payib bormoqda.
Ushbu qadamjoda keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Maqbaraning ichki qismi to`liq rekonstruksiya qilinib, naqshinkor jilo berilgan, Qur`oni karim oyatlari bitilgan. Natijada, ulug` ajdodimiz mangu qo`nim topgan tabarruk go`sha nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijlik sayyohlarning ham sevimli maskaniga aylandi.
Surxondaryo viloyati safari davom etmoqda, deb yozadi O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.