AsosiySiyosat

Bugun Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi o`z ishini boshlaydi

'Bugun Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi o`z ishini boshlaydi'ning rasmi

Bugun, 2019 yil yil 11 oktyabr kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi o`z ishini boshlaydi. Bu haqda O`zA xabar qildi.

Majlis kun tartibiga 26 masala kiritilgan. “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi, “Valyutani tartibga solish to`g`risida”gi, “To`lovlar va to`lov tizimlari to`g`risida”gi, “Mesenatlik to`g`risida”gi, “Ko`p kvartirali uylarni boshqarish to`g`risida”gi, “Mudofaa to`g`risida”gi qonunlar shular jumlasidan.

Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari, ba`zi davlat organlarining, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunlar senatorlar tomonidan ko`rib chiqiladi.

Senat a`zolari Madaniy o`zlikni namoyon etish shakllari xilma-xilligini himoya qilish va rag`batlantirish to`g`risidagi Xalqaro konvensiyani (Parij, 2005 yil 20 oktyabr) ratifikasiya qilish masalasini ham muhokama qiladi.

Yalpi majlisda O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining mamlakatda daraxt va butalarni kesishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holati to`g`risidagi axboroti, shuningdek Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitiladi.

    Boshqa yangiliklar