Senat tomonidan O`zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Valyutani tartibga solish to`g`risida”gi Qonuni ma`qullandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi valyutasining chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi.
✅Shuningdek, qonunga muvofiq, rezident yuridik shaxslar valyuta operasiyalarini amalga oshirish maqsadida:
👉 o`z mulkida valyuta qimmatliklariga ega bo`lishga;
👉 chet el valyutasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasiga o`tkazishga, shuningdek O`zbekiston Respublikasidan o`tkazishga haqli.
Shu bilan birga, faoliyatni O`zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish norezident yuridik shaxslarning O`zbekiston Respublikasida bank hisobvaraqlarini ochishi va ulardan foydalanishi uchun majburiy talabdir.
Qonunga, xalqaro amaliyotdan kelib chiqib, tashqi savdo operasiyalari bo`yicha aktivlarni repatriasiya qilishga oid normalar kiritildi.
❗️Ma`qullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e`lon qilingach rasmiy kuchga ega bo`ladi.






