AsosiySiyosat

“Saylov qonunchiligi targ`iboti oyligi” o`tkaziladi

'“Saylov qonunchiligi targ`iboti oyligi” o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2019 yil 22 dekabr kuni bo`lib o`tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish jarayonida, saylovchilarning huquqiy madaniyati darajasi yanada yuksaltirish maqsadida qator tadbirlar rejalashtirildi.

Ta`kidlanishicha, 2019 yilning 20 oktyabridan 20 noyabrigacha O`zbekiston Respublikasida “Saylov qonunchiligi targ`iboti oyligi” o`tkazish, targ`ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish, “Saylov qonunchiligidagi yangiliklar” mavzuida uchrashuvlar o`tkazib borish, umumta`lim muassasalarining o`quvchilari o`rtasida “Men ham kelajakda ovoz beraman!” mavzuida saylovlarning davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga oid tushunchalarini shakllantirish, “Mening ovozim – Vatanim kelajagi”, “Men shaxsan o`zim ovoz beraman!”, “Saylovchilar ro`yxatida bormisiz?” mavzularda turkum tadbirlar o`tkazish tavsiya etildi.

    Boshqa yangiliklar