1

Me`yoriy qon bosimingizni bilasizmi?

Salomatlik 14.10.2019, 10:02
Me`yoriy qon bosimingizni bilasizmi?

 1. Yangi tug`ilgan chaqaloqning me`yoriy qon bosimi simob ustunidan 70 mm.ni tashkil etishi lozim

 

1 yoshli o`g`il bolalarda: 96/66 (yuqorisi/pasti), qizaloqlarda esa 95/65.

 

10 yoshgacha bo`lgan bolalardagi normal qon bosimi: o`g`il bolalarda 103/69, qizlarda esa 103/70.

 

2. 20 yoshli yigitlarda 123/76, qizlarda 116/72.

 

3. 30 yoshli erkaklarda normal qon bosimi 126/79, ayollarda 120/75.

 

4. 40 yoshli erkaklarda 129/81, ayollarda 127/80.

 

5. 50 yoshli erkaklar uchun 135/83 bo`lgan qon bosimi  me`yoriydir. Ayollar uchun esa 137/84.  

 

6. 60 yoshli erkaklarda 142/85, ayollarda 144/85.

 

7. 70 yoshli erkaklarda 145/82, ayollarda esa 159/85 bo`lishi me`yoriy holatdir.

 

8. 80 yoshli erkaklarda 147/82, ayollarda esa 157/83.

 

9. 90 yoshli erkaklarda 145/78, momolarda esa 150/79 ayni me`yoriy qon bosimidir.

 

10. Keltirilgan raqamlarning birinchisi buyrak bosimi, ikkinchisi esa yurak bosimidir. Agar qon bosimingiz me`yoridan ko`tarilib ketsa, tog`oraga 37-40 darajali issiq suv quyib, oyoqlaringizni solib 20 daqiqa o`tiring.  Agar oyoq tomirlarida varikoz kengayishi bo`lsa, qo`l tirsaklarini solish mumkin.

 

11. Shivit ham qon bosimini tushirishda samarali vositadir. Buning uchun yangi yoki quritilgan shivitning 2 osh qoshig`ini  maydalab,  0,5 litr qaynagan suv solib damlab qo`ying. 200 mm. gacha bo`lgan qon bosimida 1-2 choy qoshiqdan, undan yuqori bo`lganda esa 3-4 qoshiqdan qabul qiling.

 

12. Qon bosimi me`yordan tushib ketganda lavlagi va qizil sabzini teng miqdorda olib, qirg`ichdan chiqaring va bir choy qoshiq o`simlik yog`idan solib aralashtirib salat tayyorlang. Bunday salatdan har kuni 200 grammdan esangiz qon bosimingiz me`yorda turadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1