Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi delegasiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida xizmat safarida bo`lib turibdi. Bu haqida agentlik diretori o`rinbosari Saida Mirziyoeva ma`lum qildi.
“Bugun Birlashgan Arab Amirliklariga qilgan safarimiz doirasida mamlakat Bosh vaziri o`rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoyd Ol Nahayon Hazrati Oliylari bilan uchrashdik.
Suhbat chog`ida Shayx Sayf Ol Nahayon Amirliklar O`zbekiston xalqi va hukumatiga nisbatan chuqur hurmatda ekani hamda barcha sohalarda mamlakatimiz bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o`rnatishga tayyorligini bildirdi”, — deyilgan xabarda.






