Bugun, 15 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaevaning Amerika Qo`shma Shtatlari Favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Uchrashuv chog`ida ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan Amerika Qo`shma Shtatlari Kongressi Senati va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Tomonlar odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo`yicha fikrlar almashildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq tuzilgan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining faoliyati to`g`risida qisqacha ma`lumot berildi.
Majburiy mehnat xavflariga yo`l qo`ymaslik va bu borada xalqaro standartlarni hisobga olgan holda milliy qonunchilikni takomillashtirish xususida fikr almashildi.
O`zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati






