AsosiyHi-tech

UMS 2015 yilda dam olish kunlarisiz ishlaydi

2014 yilning 1 dekabr kuni o`z faoliyatini boshlagan kompaniya o`zining rasmiy sayti orqali 2015 yilda dam olish kunlarisiz ishlashini ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, 2015 yilda savdo ofislari faoliyatini rivojlantirish strategiyasiga asosan kompaniya rahbariyati respublika hududidagi barcha abonentlarga xizmat ko`rsatish shahobchalarida etti kunlik ish jadvalini tashkil qildi. Bu abonentlarning tez va sifatli ulanishlariga imkoniyat yaratadi.

Xizmat ko`rsatish markazlarining ish vaqti ertalab soat 9:00dan 18:00gacha belgilangan bo`lib, tanaffussiz ishlaydi.

Kompaniya xodimlari faqatgina O`zbekiston Respublikasida nishonlanadigan rasmiy bayram kunlaridagina dam olishlari mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar