Hindiston Respublikasining Gujarot shtati Agrosanoat korporasiyasi boshqaruvchi direktori Karmjit Singx Randxava boshchiligidagi delegasiya Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.
Viloyat hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari Tohirjon Rapiqov viloyat hokimligida hindistonlik mehmonlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda Namangan viloyatining qishloq xo`jaligi hamda baliqchilik sohalaridagi salohiyati hamda Gujarot shtati ishbilarmon doiralari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Viloyatdagi qishloq xo`jalik ekin maydonlarini sug`orish tizimi hamda qishloq xo`jaligi mahsulotlari logistikasi holatiga ham mehmonlar tomonidan katta qiziqish bildirildi.
Namangan viloyati qishloq xo`jaligi sohasiga investisiyalar hamda yangi texnologiyalar olib kirish, viloyatda etishtirilayotgan ho`l va quruq mevalarni hamda sabzavotlarni Hindistonga eksport qilish, shuningdek sho`rxok erlarni tozalashda texnik va konsultativ hamkorlik qilish masalalari ham uchrashuv kun tartibidan o`rin oldi.