1

Shavkat Mirziyoev Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi

Siyosat 17.10.2019, 13:32
Shavkat Mirziyoev Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari amaliy safarini, an`anaga ko`ra, Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi. 

Xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo qilindi.

Ulamolar bilan suhbatda mamlakatimiz tarixi, allomalarimizning boy ma`naviy merosini yosh avlodga etkazish, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash haqida so`z yuritildi. Jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, bilib-bilmay adashganlarni avf etib, to`g`ri yo`lga qaytarish, hayotda o`z o`rnini topishiga ko`maklashish, ma`naviy-ma`rifiy ishlarni kuchaytirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

 


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1