1

O`smir bokschilarimiz ham Osiyo chempionatida birinchilardan bo`ldi

Sport 17.10.2019, 22:43
O`smir bokschilarimiz ham Osiyo chempionatida birinchilardan bo`ldi

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida boks bo`yicha o`smir yigitlar va qizlar o`rtasida o`tkazilayotgan Osiyo chempionati o`z yakuniga etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda

 Musobaqaning final bahslariga 11 nafar charm qo`lqop ustalarimiz etib borgan edi.
Final bellashuvlarida ishtirok etgan 11 nafar bokschilarimizning 8 nafari hal qiluvchi bahsda raqiblaridan ustun kelishdi va Osiyo chempionatining oltin medallariga ega bo`lishdi.
Shu tariqa mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari 8 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza, jami 20 ta medal bilan yurtimizga qaytib keladigan bo`lishdi. Buning natijasida vakillarimiz umumjamoa hisobida birinchi o`rinni qo`lga kiritdi.
Osiyo chempionati g`olib va sovrindorlarimiz ro`yxati quyidagicha:
Oltin medal:
-48 kg: Sabina Boboqulova
-50 kg: Feruza Kazakova
-52 kg: Nigina O`ktamova
-63 kg: Azizbek Tojiev
-70 kg: Login Petrov
-75 kg: Nusratbek Tohirov
+80 kg: Jahongir Zokirov
-63 kg: Aziza Zokirova
Kumush medal:
-57 kg: Bilolbek Ixvolov
-60 kg: Bekzod Bekmurodov
-60 kg: Mohira Ahmedova
Bronza medal:
-46 kg: Iqboljon Qudratov
-48 kg: Asrorbek Shahobiddinov
-50 kg: Anvar Boltaboev
-52 kg: G`ofurjon Tohirov
-54 kg: Jahonmurod Imomaliev
-66 kg: Aloxon Abdullaev
-46 kg: Mohlaroyim Savriddinova
-54 kg: Ruhshona O`ktamova
-70 kg: Shahnoza Ergasheva
Terma jamoamiz vakillari ertaga 16:15 da yurtimizga etib kelishadi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1