1

Shavkat Mirziyoev: Soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari «qotib qolgan»

Siyosat 18.10.2019, 11:49
Shavkat Mirziyoev: Soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari «qotib qolgan»

Termiz shahrida Surxondaryo viloyati va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari, respublikadan kelgan mutasaddilar, faollar ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev so`zining avvalida hududlardagi holatga tanqidiy baho berdi.
- Siyosatimizning mazmuni, maqsadi oddiy: mehnat qilsang, rohat ko`rasan. Davlat shu mehnatga, emin-erkin ishlashga sharoit yaratib berishi shart. Shu maqsadda qarorlar qabul qilinyapti, yo`nalishlar belgilab berilyapti. Lekin quyi tizimda ularni bajaradigan saviyali rahbar kam. Hokim tayyorlash maktabini yaratdikmi degan savolga ijobiy javob yo`q. Soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari «qotib qolgan», - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari o`sish sur`atlari viloyatning haqiqiy salohiyati uchun hali etarli emasligini ta`kidladi.  

- Joriy yilda viloyatga uchinchi bor tashrif buyurishimizning sababi Surxondaryo misolida barcha rahbarlarga hududlarning o`ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olib, ularni jadal rivojlantirish bo`yicha ustuvor yo`nalishlar va o`sish nuqtalarini aniqlash hamda to`liq ishga solishni ko`rsatib berishdir, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Har bir vazir, soha va tarmoqlar rahbarlariga bu yil yakunigacha va kelgusi yilda Surxondaryo uchun nimalar qilishini aniq yozib, viloyat hokimligiga taqdimot qilish bo`yicha topshiriq berildi.

 


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1