1

Prezident yangi korxonalar tashkil etish imkoniyatlarini ko`rsatib berdi

Siyosat 18.10.2019, 16:55
Prezident yangi korxonalar tashkil etish imkoniyatlarini ko`rsatib berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyati iqtisodiyotining bugungi holatini tahlil qilib, uni rivojlantirish bo`yicha muhim yo`nalishlarni belgilab berdi.

Avval rejalashtirilgan loyihalarni bajarish bilan birga kelgusi ikki yilda amalga oshiriladigan, umumiy qiymati 13 trillion so`mlikdan ziyod yangi investisiya loyihasi ishlab chiqilgani qayd etildi.

To`qqiz oyda viloyat korxonalari tomonidan 125 million dollarlik eksport amalga oshirilib, prognoz 104 foizga bajarilgan. Eksportni ko`paytirish uchun «Termiz Kargo Sentr» logistika markazi hududida erkin savdo zonasini tashkil etish bo`yicha ko`rsatma berildi. Bu zonaga muayyan yo`nalishlardan vizasiz kirish, eksport-import va tranzit yuklari uchun bojxona, karantin va boshqa xizmatlarni «Yagona darcha» tamoyili asosida amalga oshirish mumkin bo`ladi.

Qishloq xo`jaligini diversifikasiya qilishni davom ettirish, 2020 yilda Angor, Qiziriq, Muzrabot,  
Termiz va Sherobod tumanlarida 40 ming gektarga ingichka tolali g`o`za navlarini joylashtirish zarurligi ko`rsatib o`tildi. Er maydonlaridan kelib chiqib, klasterlar tomonidan yirik chorvachilik komplekslari tashkil qilish vazifasi qo`yildi. 

Viloyatda bir yilda tayyorlanadigan 870 ming donadan ortiq terini qayta ishlaydigan birorta ham korxona yo`qligi tanqid qilinib, «O`zcharmsanoat» uyushmasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyat hokimligiga zamonaviy charm-poyabzal korxonalari tashkil etish bo`yicha topshiriq berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1