AsosiyDunyo

Filippin aholisi kuchli zilziladan vahimaga tushdi (Video)

'Filippin  aholisi kuchli zilziladan vahimaga tushdi (Video)'ning rasmi

Filippinda kuchi deyarli 6,5 ballga teng bo`lgan zilzila ro`y berdi. Hodisa aholi o`rtasida vahima kelib chiqishiga sabab bo`ldi. 

Er osti silkinishlari mamlakatning Mindanao orolida qayd etilgan. AQSh geologiya xizmati ma`lumotlariga ko`ra, zilzila epimarkazi 14,1 km chuqurlikda qayd etilgan. Tabiiy ofat natijasida halok bo`lganlar va talofatlar haqida hozircha ma`lumotlar yo`q. Mamlakat hukumati aholidan talofat ko`rishi mumkin bo`lgan binolardan uzoqroqda bo`lishni tavsiya etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda zilzila ro`y bergan vaziyat aks etgan video tasvirlar tarqalmoqda. 

Filippin dunyodagi eng xavfli tabiiy ofatlar kuzatilishi mumkin bo`lgan davlatlardan biri hisoblanadi. Geografik joylashuvi tufayli mamlakatda tez-tez zilzilalar va vulqonlarning faolligi kuzatiladi. Mamlakat Tinch okeani havzasidagi faol vulqonlar va yoriqlardan iborat “Olovli xalqa” hududida joylashgan.   

Boshqa yangiliklar