Mazkur korxona prezident Shavkat Mirziyoevning navbatdagi manzili bo`ldi. Bu erda xomashyo etishtirishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo`lgan jarayon to`liq texnologik zanjir asosida tashkil etilgan. Bugungi kunda korxona mahsulotlari Osiyo va Evropa davlatlariga sotilmoqda. Turistlarni jalb etish maqsadida «Muzey-fabrika» ham tashkil etilgan.
Shu erda Surxondaryo viloyatida turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanishga oid loyihalar taqdimoti o`tkazildi.