Oq uy ma`muriyati rahbari vazifasini bajaruvchi Mik Malveyni jurnalistlarga AQSh nima uchun Ukrainaga harbiy ko`makni vaqtincha to`xtatgani sababini aytdi.
Unga ko`ra, bu qaror Ukrainadagi korrupsiya va Evropaning uni qo`llab-quvvatlashga mablag` ajratmayotgani bilan izohlanadi.
“RIA Novosti“ xabariga ko`ra, “Ukrainaning cho`ntagini to`ldirib qo`yuvchi mablag` berishimiz mumkin, shunda ham Evropaning unga yordam berishiga ishonmaymiz”, deyiladi “TASS“ ning Malveynidan iqtibosida.
Oq uy vakili, shuningdek, “Evropaliklar Ukrainaga nol yoki deyarli nol dollarlik qurol berganini” ta`kidladi.