Tailanddan Moskvaga uchayotgan samolyot passajirning o`limi sabab Qozonga qo`ndi

Dunyo 20.10.2019, 00:04
Teglar: Samolyot, Qozon, Moskva
Tailanddan Moskvaga uchayotgan samolyot passajirning o`limi sabab Qozonga qo`ndi

Pxuket - Moskva yo`nalishi orqali Tailanddan uchib kelayotgan samolyot 18 oktyabr kuni Qozon aeroportiga qo`nishga majbur bo`ldi. Bu haqda TASS Tatariston Favqulodda vaziyatlar Bosh boshqarmasi xabariga asoslanib ma`lum qildi..

Mazkur samolyotning bortiga chiqqan tibbiyot xodimlari yo`lovchilardan biri vafot etganini qayd qilishdi. Bu 2018 yilda tug`ilgan isroillik qiz ekanligi aniqlandi.

Shifokorlar samolyot qo`nishidan oldin aeroportga etib kelib, kutib olishdi. Tezkor yordam ko`rsatishga shoshilishdi. Ammo ularning sa`y-harakatlariga qaramasdan kichik passajirning hayotini saqlab qolish imkoni bo`lmadi.

Samolyot bortida 12 nafar ekipaj vakili va 274 nafar yo`lovchi, shu jumladan 42 nafar bola bor edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1