1

Nyu-York—Toshkent reysida to`polon ko`targan yo`lovchi bog`lab qo`yildi

Jamiyat 21.10.2019, 16:01
Nyu-York—Toshkent reysida to`polon ko`targan yo`lovchi bog`lab qo`yildi

“O`zbekiston havo yo`llari” MAKga qarashli Nyu-York—Toshkent yo`nalishi qatnov amalga oshirgan yo`lovchi samolyoti bortida yuzaga kelgan to`polon to`g`risida ma`lumot berdi.

21 oktyabr kuni Nyu-York-Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvoz amalga oshirgan HY102 qatnovini poytaxt aeroportida transportdagi tarmoq ichki ishlar bo`limi xodimlar kutib olishdi.

Mast holatda bo`lgan 51 yoshli erkak samolyot bortida to`polon ko`tarib, o`z joyini egallash haqidagi tanbehlarga e`tibor bermasdan, uni tinchlantirmoqchi bo`lgan bortkuzatuvchilarni va atrofda o`tirgan yo`lovchilarni haqorat qilgan.

U o`zining nojo`ya harakatlari bilan parvoz xavfsizligini, shu bilan birga barcha yo`lovchilar va ekipajning hayotini xavf ostiga qo`ygan. Qatnov yo`lovchilari ekipajga yordam ko`rsatdilar va qoidabuzarni o`rindiqqa bog`lab qo`yishga to`g`ri keldi. Toshkent shahriga etib kelgandan so`ng aviato`polonchi transportdagi tarmoq ichki ishlar bo`limi xodimlariga topshirildi.

Milliy aviakompaniya reys yo`lovchilaridan noqulaylik uchun uzr so`rab, ekipajga ko`rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1