1

«Real» yangi yilda ketma-ket ikkinchi marta yutqazdi

Sport 08.01.2015, 09:37
«Real» yangi yilda ketma-ket ikkinchi marta yutqazdi

"Atletiko" jamoasi "Real"ga noqulay raqibga aylanganini yana bir marta isotladi. Ispaniya kubogining nimchorak finalida to`qnash kelib qolgan ushbu jamoalari o`rtasidagi dastlabki o`yin "Visente Kalderon" stadionida bo`lib o`tdi. Diego Simeone shogirdlari o`z oldilariga qo`yilgan strategiyani to`la-to`kis bajarishdi va ilk o`yinda ishonchli hisobda g`alaba qozonishdi.

Anchelotti Ronalduni zaxirada qoldirdi. O`yin boshida mehmonlar "standart"dan hisobni ochishgandi. Biroq to`p uzatilayotgan paytda Beyl ofsaydda bo`lgani bois, u bekor qilindi. Oldindan aytish lozim, to`p burchakdan etkazilganidan keyin Ramos bosh bilan bergan zarbasini (darvozabon qaytardi) inobatga olmaganda, "matraschilar" standart vaziyatlarda juda yaxshi himoyalanishdi.

"Atletiko" ikkinchi bo`limda hujumga ko`proq bordi. Ramos jarima maydonchasi ichida Raul Garsiyani sharq yakkakurashlari uslubida kuragini erga tekkazdi. Buning uchun o`z darvozasiga halol penalti olib keldi. Jabrlanuvchining o`zi aniq zarba bilan hisobni ochdi. O`yin tugashiga 15 daqiqa qolganida mezbonlar o`zlarining xavfli quroli — burchak to`pidan unumli foydalanishdi: Xose Mariya Ximenes bosh bilan darvozani ishg`ol qildi.

Ikkinchi bo`limda maydonga tushib, yarim soat o`ynagan Ronaldu ham "Real"ga yordam bera olmadi. "Atletiko" raqib futbolchilariga hech qanday imkoniyat bermadi. "Qirollik klubi" 2014 yildagi ketma-ket 22ta g`alabadan keyin 2015 yilda ketma-ket ikkinchi mag`lubiyatini rasmiylashtirdi.

Javob o`yini bir haftadan keyin "Santyago Bernabeu"da bo`lib o`tadi. "Real" keyingi bosqichga chiqishi uchun 3ta to`p farqi bilan g`alaba qozonishi talab etiladi. Eslatib o`tamiz, ushbu juftli g`olibi "Barselona" - "Elche" juftligi g`olibiga qarshi chorak finalda to`qnash keladi.

Ispaniya kubogi, 1/8 final, dastlabki o`yin
"ATLETIKO" - "REAL" - 2:0
Gollar: 1:0 – 58, penalti Garsiya, 2:0 – 76 Ximenes.
Atletiko – Oblak, Lyuka, Ximenes, Godin, Games, Saul (Turan, 68), Suares, Gabi, Garsiya, Grizmann (Manjukich, 75), Torres (Koke, 59).
Real Madrid – Navas, Arbeloa (Karvaxal, 83), Ramos, Varan, Marselo, Isko, Xames (Ronaldu, 63), Beyl, Xedira, Kroos, Benzema (Xese, 75).
Ogohlantirishlar: Marselo (27), Xedira (31), Ramos (57), Games (61), Grizmann (65), Gabi (73), Garsiya (75), Godin (87), Karvaxal (89).

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1