AsosiyDunyo

Bugun xalqaro duduq insonlar kuni

'Bugun xalqaro duduq insonlar kuni'ning rasmi

1998 yildan boshlab har yili 22 oktyabr kuni xalqaro duduq insonlar kuni (International Stuttering Awareness Day) nishonlanadi. Ushbu bayramni nishonlash g`oyasi ilk bor 1995 yilda tashkil topgan “Duduq insonlar xalqaro assosiasiyasi” tomonidan belgilangan.  

Kasalliklarning xalqaro klassifikasiyasiga binoan duduqlanish nutqni buzilishi bilan bog`liq hodisa deb e`tirof etilgan. Uning ko`rinishi bir gapni takrorlashi, bo`g`im va so`zlarni qayta qayta takrorlashi bilan namoyon bo`ladi.

Bunungi davrda duduq insonlar, aksincha o`z nuqsonlari haqida yashirmay, ijtimoiy tarmoqlarda, turli tashkil etilgan tadbirlarda dunyo jamiyatini ular bilan hamjihatlikda bo`lishga chorlamoqdalar.

Aytgancha, ko`pgina insonlarga nutqning bunday kamchiligi kelajakda buyuk insonlar bo`lib etishishga xalaqit bermagan. Ular orasida kinorejisserlar, akterlar, oratorlar, siyosatchilar, shoirlar  mavjud. Masalan, duduqlik bilan Uinston Cherchill, Merilin Monro, Isaak Nyuton ham kasallangan.

    Boshqa yangiliklar