1

Parijda Olimpiada hamda Paralimpiada-2024ning yangi logotipi taqdim etildi

Sport 22.10.2019, 11:24
Parijda Olimpiada hamda Paralimpiada-2024ning yangi logotipi taqdim etildi

2024 yilgi Yozgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlarining tashkiliy qo`mitasi musobaqaning yangi emblemasini rasman taqdim etdi. Taqdimot O`yinlar shahri- Parijda bo`lib o`tdi. Bu Xalqaro Olimpiya Qo`mitasining rasmiy sayti xabar bergan.

Logotip kumush-oltin ranglarning mutanosibligi, Olimpiya olovining tasviri, medal va Fransiya Respublikasining ramzlaridan biri Marianning qiyofalari hamda Fransiyaning milliy shiori - «Erkinlik, Tenglik, Birodarlik»ning timsolini o`z ichiga olgan.

Tashkilotchilar Olimpiya harakati tarixida ilk bor logotip Olimpiada hamda Paralimpiya o`yinlari uchun yagona bo`lishini ta`kidlamoqdalar. Eslatib o`tamiz, Olimpiada 26 iyuldan 11 avgustgacha, Paralimpiada - 28 avgustdan 8 sentyabrgacha bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1