1

Osiyo kubogi-2015 ochilish uchrashuvini Ermatov boshqaradi!

Sport 08.01.2015, 10:13
Osiyo kubogi-2015 ochilish uchrashuvini Ermatov boshqaradi!

OFK rahbariyati Avstraliyada boshlanadigan Osiyo kubogining ochilish uchrashuvini o`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovga ishonib topshirdi.

"A" guruhi vakillari — Avstraliya va Kuvayt o`rtasidagi uchrashuv 9 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi. O`yin Melburndagi "Rectangular Stadium"da bo`lib o`tadi.

Ravshan Ermatov faoliyati davomida uchinchi marta Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etadi. U ilk marta qit`a chempionatining ochilish o`yinida ishlaydigan bo`ldi. Osiyo kubogi-2004da hamyurtimiz bitta o`yinni boshqargan. 2007 yili Xitoyda bo`lib o`tgan turnirda Ermatov ishtirok etmagan. Boisi, u Kanadadagi yoshlar o`rtasidagi JChga taklif olgan.

O`zbekistonlik referi Osiyo kubogi-2011da 4ta o`yinni boshqardi, jumladan, final o`yini ham Ermatovga topshirilgan. Qatardagi musobaqaning ochilish o`yinida O`zbekiston terma jamoasi ishtirok etganidan xabaringiz bor.

Ma`lumot uchun, Osiyo kubogi-2015da Ermatovga Abduhamidullo Rasulov va Bahodir Qo`chqorov yordam berishadi. Avstraliyadagi turnirda Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlarimiz ham ishtirok etishyapti.

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1