Uch yashar bola 10 metr balandlikdan yiqilib tirik qoldi (Video)

Dunyo 22.10.2019, 14:37
Uch yashar bola 10 metr balandlikdan yiqilib tirik qoldi (Video)

Hindistonning Madxya-Pradesh shtatidagi Tikamgarh shahrida uch yoshli bola uchinchi qavatdan o`tib ketayotgan velorixshaning orqasiga tushib ketdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Balkonda o`ynayotgan bola muvozanatini yo`qotib, 10 metrdan balandlikdan yiqilgan. Kuzatuv kamerasi tomonidan suratga olingan kadrlar uning qanday qilib pastdagi rixshaning orqasiga tushganligini ko`rsatgan. Bir necha soniyadan so`ng, qarindoshlar uydan yugurib chiqib, uni ichkariga olib kirishgan.

Bolani tibbiy ko`rikdan o`tkazish uchun kasalxonaga olib borishgan, ammo shifokorlar hech qanday jarohatni topa olishmagan. Bolaning ota-onasi minnatdorchilik sifatida rixsha egasining farzandlarigayangi kiyimlar va shirinliklar tortiq qilishgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1