AsosiyShou-biznes

Fox kinokompaniyasi yangi filmlar premeralari sanalarini e`lon qildi

Chenning Tatum 2016 yil 7 oktyabrda premerasi o`tkazilishi rejalashtirilayotgan “Iks odamlar” filmida superqahramon obrazida namoyon bo`ladi. Aynan shu kuni “Gambit” blokbasteri ham chiqariladi, deb yozmoqda segodnya.ua.

"Assassin’s Creed" videoo`yini esa ijaraga 2016 yil 21 dekabrda chiqadi.

“Erning eng ajoyib shoumeni” dramatik myuziklining premerasi 2016 yil 25 dekabrda bo`lib o`tadi.

“O`rtamizdagi tog`lar” filmi esa 2017 yil 10 fevralda havola etiladi.

“Fantastik to`rtlik” filmining davomi oldinroq rejalashtirilgan edi, biroq premera kuni 2017 yil 2 iyundan 12 iyulga ko`chirildi.

Afsuski, “Maymunlar planetasi” filmi kechikmoqda. Uning namoyishi naq bir yilga, ya`ni 2016 yil 12 iyuldan 2017 yil 14 iyulga o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar