1

Futbolchilar qo`polliklari uchun qanday jazolanishlarini bilib olishdi

Sport 08.01.2015, 12:05
Futbolchilar qo`polliklari uchun qanday jazolanishlarini bilib olishdi

OK-2015 startiga ikki kun qolganda Osiyo Futbol Konfederasiyasi rasmiylari O`zbekiston terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan uchrashishdi. Uchrashuv chog`ida OFK hakamlar nazoratchisi Xani Ballan terma jamoa a`zolarini o`yin qoidalariga kiritilgan o`zgartirishlar va yangiliklar haqida ma`lumot berdi.

Maxsus videoroliklar orqali qanday qoidabuzarliklar hakamlar tomonidan jazolanishi O`zbekiston terma jamoasi futbolchilari va murabbiylariga namoyish etib berildi.
OFK nazoratchisi Xani Ballanning so`zlariga ko`ra Osiyo Kubogida hakamlar yuqori saviyada o`yinlarni boshqarib boradilar. Boisi, Osiyo Kubogi bahslarini boshqarib boradigan hakamlar musobaqa oldidan ko`plab test sinovlari topshirishgan.
Xani Ballanning qayd etishicha, musobaqada ayniqsa o`ta qo`pol qoidabuzarliklar hakamlar tomonidan qattiq jazolanadi. Shuningdek, hakamlar futbolchilarning simulyasiya ishlatish holatlariga ham e`tiborda bo`ladilar. OFK nazoratchisining so`zlariga ko`ra simulyasiya ishlatish - sariq kartochka ishlab olish uchun eng tez va qulay qoidabuzarlik hisoblanadi
Uchrashuv yakuniga etach, O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi OFK rasmiylari bilan musobaqa tashkiliy masalalari borasida suhbat qurishdi.

manba: the-uff.com

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1