1

Ozodbek Nazarbekov Braziliya Federativ Respublikasining O`zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Madaniyat 23.10.2019, 09:34
Ozodbek Nazarbekov Braziliya Federativ Respublikasining O`zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Bugun, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Braziliya Federativ Respublikasining O`zbekistondagi favqulodda muxtor elchisi Tovar da Silva Nunes bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Elchi janoblari va hamrohlari Tomaz Aleshandre Mayer Napoleao hamda Almir Ribiero Ameriko bilan hamkorlik uchrashuvida Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov ishtirok etdi.

O`zaro muloqotda, har ikki tomon uchun qiziqarli bo`lgan masalalar yuzasidan so`z bordi. Braziliya elchisining aytishicha yangilanayotgan O`zbekistondagi olamshumul o`zgarishlar barchani qiziqtirmoqda. Elchi sifatida O`zbekiston san`ati va madaniyati bilan braziliyaliklarni kengroq tanishtirish va shuningdek, o`z xalqining madaniyati va san`atini ham o`zbekistonliklarga namoyish etishni maqsad qilgan.

O`z navbatida Ozodbek Nazarbekov buning uchun O`zbekistonda sharoitlar etarli ekanini, buni o`tkazilayotgan har bir xalqaro festivallarda qatnashayotgan xorijlik mehmonlarning e`tiroflaridan bilish mumkinligini ta`kidladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1