Bu yil 42 yoshni qarshi olgan aktyor “Yulduzlar jangi” va Jeyms Bond haqidagi filmlar qatorida boshqa bir qator taniqli filmlardagi rollari bilan muxlislar qalbidan joy olib ulgurgandi.
Ammo kecha, 8-yanvar kuni u London teatrida repetitsiya chog`ida sahnada o`zini yomon his qila boshladi. Tez fursatlarda etib kelgan tibbiyot hodimlari uning hayotini saqlab qola olishmadi, deya xabar beradi ru.hellomagazine.com nashri.
Xanning bevaqt o`limi sabablari hali aniqlanganicha yo`q. Teatr aktyorning o`limi haqida rasman ma`lumot bergan bo`lsa-da, uning o`limi sabablari, uning sahnada turib qay tarzda vafot etgani haqida rasman xabar bermagan. Voqealar rivojini birgalikda kuzatamiz.





