Xonanda Rayhon turmush o`rtog`i aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashishga ariza topshirdi, deya xabar beradi uz24.uz nashri Sayyod.com sayti ma`lumotlariga tayanib.
Xabardan ma`lum bo`lishicha, saytning “Ajrashayotgan ekansiz... Bu nechog`lik xaqiqat?”, - degan savoliga xonanda: “Ha, bu xaqiqat. Men ajralishga topshirdim. Xozir hayotimda og`ir damlar kechmoqda...”, deb javob bergan.
Xabarda ularning ajrashish sababi ma`lum qilinmagan.
Eslatib o`tamiz, xonanda Rayhon G`anieva va aktyor Yigitali Mamajonov 2012 yilning 16 noyabrida turmush qurishgan va 2014 yilning may oyida egizak farzandli bo`lishgan edi.
Shu yilning 23, 24,25, 26 fevral kunlari xonanda konsert dasturini o`tkazishi kutilmoqda.





