1

O`zbekiston terma jamoasi KXDRni mag`lub etdi. Nesterovga rahmat

Sport 10.01.2015, 14:11
O`zbekiston terma jamoasi KXDRni mag`lub etdi. Nesterovga rahmat

O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichi birinchi turida KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va g`alabaga erishdi.
Uchrashuv ancha og`ir o`tdi. Bu o`rinda nafaqat raqib, balki noqulay ob-havo ham jamoalarga og`ir vaziyat yuzaga keltirdi. Birinchi bo`limda boshlangan yomg`ir ikkinchi bo`limda kuchli jala ko`rinishiga keltirdi va o`yinning borishini qiyinlashtirdi.
Shunga qaramay Mirjalol Qosimov shogirdlari uchrashuvda g`alaba qozonishga muvaffaq bo`ldilar. Birinchi bo`limda O`zbekiston milliy terma jamoasi to`pga egalik qilishda katta ustunlikka ega bo`lgan bo`lsada, bu ustunlikni xavfli vaziyatga qadar etkaza olmadi. Bir marta Timur Kapadze bosh bilan bergan zarba darvoza ustuniga tegib qaytganini inobatga olmaganda, gol urish uchun qulay vaziyat deyarli yaratilmadi.
Ikkinchi bo`limda KXDR terma jamoasi ham ancha faol o`yin ko`rsatdi. O`zbekiston terma jamoasi esa himoyani unutmagan holda hujumga o`tib turdi. Mana shunday hujumlardan biri gol bilan yakunlandi. Server Jeparov chap qanotdan oldinga o`tib bordi va to`pni havolatib Igor Sergeev tomon oshirdi. Tan olish lozim, to`p ideal tarzda oshirib berilgandi. Igor Sergeev ham shunga monand bosh bilan ideal zarba berdi va hisobni ochdi.
Igort Sergeevning o`zi ikkinchi golni kiritishi mumkin edi. Ammo Sardor Rashidov qanotdan oshirib bergan to`pga zarba berishda unga aniqlik etishmadi. Shuningdek Timur Kapadze va Sanjar Tursunovlarda ham gol urish uchun qulay vaziyat yuzaga kelgandi. Biroq uchrashuvda hisob o`zgarmadi.
Uchrashuvning qo`shib berilgan daqiqalarining so`nggi soniyalari o`tayotganda Ignatiy Nesterov xavfli zarbani bartaraf etdi. Shu bilan O`zbekiston terma jamoasi muhim g`alabani qo`lga kiritdi.
Osiyo Kubogi, «V» guruhi.
O`zbekiston - KXDR 1:0
Gol: I.Sergeev, 63
O`zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Shavkat Mullajonov, Vitaliy Denisov, Akmal Shoraxmedov, Timur Kapadze, Sanjar Tursunov (J.Iskanderov, 90), Aziz Xaydarov, Odil Axmedov (S.Rashidov, 72), Server Jeparov, Igor Sergeev (B.Nasimov, 87).
KXDR: Ri Myong Guk, Jang Song Xyok, Jon Kvang Ik, Ryang Yong Gi, Pak Song Chol, Pak Kvang Ryong, Jong Il Gvan, .Jang Kuk Chol, Cha Jong Xyok, So Xyon Uk (Om Sol Chol, 65), Ri Yong Jik
Ogohlantirish: Ri Yon Jik, 77, A.Shorahmedov, 85
Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1