AsosiyDunyo

Sayyoramizdagi yolg`iz jonivorlar

Dunyoda shunday jonivorlar borki, ularning o`z juftlarini topishga mutlaqo imkoniyatlari qolmagan, deb yozmoqda xabardor.uz. Tanishing, yolg`izlikka mahkum jonivorlar.

Mangaraxar sixlidasi (Ptychochromis insolitus) 

Bu judayam chiroyli va kamyob baliqchalar Londondagi hayvonot bog`ida yashashadi. Ammo ularning orasida urg`ochi baliqcha yo`q. Yaqin-yaqingacha bu baliqchalarning urg`ochilari qirilib ketgan, deb hisoblanardi. 2013 yilning dekabrida Madagaskar orolida 18 dona baliqcha topildi. Ularning orasida urg`ochilari ham borligi ma`lum bo`ldi. Hozirda bu nodir baliqchalar Madagaskardagi xususiy baliqchilik xo`jaligida parvarish qilinmoqda. 

Abingdon fil toshbaqasi (Chelonoidis nigra abingdonii) 

2012 yilda Galapagos arxipelagidagi Santa-Krus orolida Tanho Jorj laqabli fil toshbaqasi o`lganida butun dunyo zoologlari qayg`uga botishgandi. Yel universiteti olimlari keyinroq 17 ta ulkan toshbaqada Tanho Jorjning DNKsi borligini aniqlashdi. Hozirda ular fil toshbaqasining nasli davom etishiga umid qilishmoqda.

Yangi Zelandiya moviy o`rdagi (Hymenolaimus malacorhynchos) 

G`arbiy Susseksdagi qushlar qo`riqxonasida esa bir dona moviy o`rdak yashaydi. Uning avlodi davom etishi gumon ostida qolgan.

Yumshoq tanali svayno toshbaqasi (Rafetus swinhoei) 

Uchtirnoqlilar oilasiga mansub yumshoq tanali toshbaqalar er yuzida atigi to`rt dona qolgan. Ulardan biri Vetnamdagi ko`lda yashaydi. Qolganlari esa Xanoy va Xitoy hayvonot bog`larida asrab kelinmoqda. Olimlar hozir ularni bir joyga to`plab, nasl olish niyatidalar. 

Shimol oq karkidoni 

1980 yildan buyon Kaliforniya shtatidagi San-Diego hayvonot bog`ida yashayotgan Angalifu laqabli erkak karkidon o`lgach, butun dunyo bo`yicha atigi beshtagina bo`lgan urg`ochi shimol oq karkidonlari erkaksiz qolishdi. Angalifu uzoq vaqt davomida Nolu laqabli urg`ochi karkidon bilan birga yashagan bo`lsa-da, ular tutqunlikda ko`paya olishmadi.

    Boshqa yangiliklar