AsosiySport

Kumushxon Fayzullaeva 3 ta oltin medalni qo`lga kiritdi va ikkita rekord o`rnatdi

'Kumushxon Fayzullaeva 3 ta oltin medalni qo`lga kiritdi va ikkita rekord o`rnatdi'ning rasmi

KXDRda og`ir atletika bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida o`tgan Osiyo chempionatida Kumushxon Fayzullaeva 3 yo`nalishda oltin medallarni qo`lga kiritdi.

Koreya Xalq Demokratik Respublikasida og`ir atletika bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatida o`zbekistonlik Kumushxon Fayzullaeva 3 yo`nalishda oltin medalga sazovor bo`ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

17 yoshli Kumushxon 64 gg vazn toifasida dast ko`tarishda 97 kg, siltab ko`tarishda 125 kg, ikki kurash natijasida esa 222 kilogramm natija bilan qit`a chempionligini qo`lga kiritdi.

Yana bir ahamiyatli jihati, hamyurtimiz bu natija bilan o`smirlar o`rtasida dast ko`tarishda o`ziga tegishli jahon rekordini takrorlagan bo`lsa, siltab ko`tarish va ikki kurash bo`yicha yangi jahon rekordlarini o`rnatishga muvaffaq bo`ldi.

Ta`kidlash joiz, bu natija Fayzullaevaga Tokio olimpiadasi yo`llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham taqdim etadi.
 

Boshqa yangiliklar