Avval xabar berganimizdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo`jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o`rtasida “Bosh vazir kubogi” musobaqalari tashkil etilgan edi. Bugun ayollar o`rtasidagi voleybol bo`yicha o`tgan musobaqasi yakunlandi.
Unda “O`zbekiston temir yo`llari“ AJ jamoasi birinchi, “Qishloq xo`jaligi vazirligi“ jamoasi ikkinchi pog`onadan joy oldi. O`zbekiston Milliy axborot agentligi esa uchinchi o`rinni qo`lga kiritdi.
Musobaqaning jamiki g`olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi, ertaga 27 oktyabr kuni “Milliy“ stadionida bo`lib o`tadi