AsosiySport

Messi eng yaxshi hujumchining nomini aytdi

'Messi eng yaxshi hujumchining nomini aytdi'ning rasmi

«Barselona» hujumchisi Leo Messi Braziliya terma jamoasi va «Real» klubi sobiq a`zosi Ronaldo haqida iliq fikrlar bildirdi.

Dunyoning eng yaxshi hujumchisi haqida

— Ronaldo haqiqiy fenomen edi. U men ko`rgan eng yaxshi hujumchi. U qoyilmaqom edi.

Jamoadoshlari haqida

— Ronaldino doimo menga yordam bergan. 16-17 yoshimda kiyim almashtirish xonasiga kirib, katta-katta futbol gigantlarini ko`rganman. Ammo u menga yordam bergan, shu boisdan ham jamoada o`zimni qulay his qilanganman. Shundan so`ng  uni maydonda juda ko`p izlaganman, biroq u bilan ko`proq o`ynash nasib etmadi. Ronaldino bilan ko`proq birga o`ynashni xohlardim. Besh yildan beri Luis Suares bilan birga to`p suryapman. Har uch kunda o`yin bo`lsa, bir-birimizga ko`nikish oson kechadi. Farzandlarimiz bir xil yoshda, deyarli har bir kunimizni birga o`tkazamiz. Shuning uchun munosabatlarimiz yanada mustahkam bo`lib bormoqda.

Lionel Messi, futbolchi

Boshqa yangiliklar