1

Klichko – Jennings jangi xavf ostida qoldi

Sport 12.01.2015, 09:51
Klichko – Jennings jangi xavf ostida qoldi

Professional boksning mashhur ekspertlaridan biri, amerikalik Den Rafaelning aytishiga qaraganda, super og`ir vazn toifasining WBA, WBO, IBF yo`nalishlari chempioni, ukrainalik Vladimir Klichko va amerikalik Brayant Jennings o`rtasidagi jangga shartnoma tuzish vaqtida muammolar yuzaga kelgan.

Jennings Geri Shouning promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilar edi. Ma`lum bo`lishicha, bir necha kun muqaddam, yangi tashkil topgan Roc Nation kompaniyasi uni sotib olgan.

“Roc Nation Geri Shou kompaniyasini sotib olishi, turli muammolarni keltirib chiqardi. Ular K2 Promotions bilan bitim imzolab bo`lishgan edi. Biroq, oldi-sotdi bo`lganidan keyin, yangi egalar tayyor narsaga o`zgartirish kiritishni talab qilishdi. Vladimirning menejeri Bernd Byontening so`zlariga ko`ra, rejalar barbod bo`lsa, Klichko kelasi jangini Amerikada emas, Evropada o`tkazadi”, deydi Rafael.

SPORTS.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1