1

"MYu" o`z maydonida mag`lub bo`ldi

Sport 12.01.2015, 12:59
"MYu" o`z maydonida mag`lub bo`ldi

Angliya chempionati 21-turining so`nggi va markaziy uchrashuvlaridan birida "Manchester Yunayted" o`z maydonida "Soutgempton" jamoasini qabul qildi, deya xabar beradi sports.uz.

Keskin va murosasiz kechgan bahsning taqdirini yagona gol hal qildi. Birinchi taym nursiz yakunlangan bo`lsa, ikkinchi bo`limning 69-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Dushan Tadich jamoasining g`alaba to`piga mualliflik qildi.

Mazkur natijadan so`ng "Sautgempton" ochkolari sonini 39taga etkazib, turnir jadvalining uchinchi o`ringa ko`tarilib oldi. "MYu" esa 37 ochko bilan to`rtinchi o`rinni tushib qoldi.

"Manchester Yunayted" – "Sautgempton" - 0 : 1 (0 : 0, 0 : 1)

Gol: Tadich 69.

"Manchester Yunayted": De Xea, Shou (Blekkett, 64), Jons, Smolling, Blind, Di Mariya (Fellayni, 72), Kerrik, Valensiya, Mata, Runi, van Persi (Errera, 61).

"Sautgempton": Forster, Bertran, Klayn, Alderveyreld (Gardosh, 21), Fonte, Vanyama, Shnayderlin, Uord-Prouz, Devis (Rid, 80), Elia (Tadich, 63), Pelle.

Ogohlantirishlar: Bertran (35), van Persi (58), Tadich (70), Pelle (75), Kerrik (76).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1