1

O`zbekiston MTJ xitoylik jurnalistlarga mashg`ulotlarni kuzatishga ruxsat berdi

Sport 12.01.2015, 16:34
O`zbekiston MTJ xitoylik jurnalistlarga mashg`ulotlarni kuzatishga ruxsat berdi

O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi xitoylik jurnalistlarga mashg`ulotlarni kuzatishni ta`qiqlab qo`ymagan. Bu haqida xitoylik jurnalist Lyu Fen Sports.sina.com nashriga xabar berib o`tgan.
Xabarda aytilishicha, O`zbekiston milliy terma jamoasi to`liq kuch bilan mashg`ulot o`tayapti. Murabbiylar shtabi va delegasiya rahbariyati xitoylik jurnalistlar bilan do`stona munosabatda bo`lgan. Shuningdek Lyu Fen Brisben shahridan yuborgan xabarida O`zbekiston yoshlar terma jamoasi 2008 yilgi yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida Xitoy terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko`ra mag`lubiyatga uchratib, jahon chempionati yo`llanmasini qo`lga kiritganini eslagan va ayni vaqtdagi tarkibda o`sha terma jamoa vakillari ham borligini ta`kidlagan.
Eslatib o`tamiz, o`sha vaqtdagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida bo`lgan Islom To`xtaxo`jaev ayni vaqtda O`zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Osiyo Kubogida ishtirok etmoqda va diskvalifikasiya muddati yakuniga etgani tufayli Xitoyga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1