1

Bugun «Oltin to`p» taqdimot marosimi bo`lib o`tadi

Sport 12.01.2015, 18:35
Bugun «Oltin to`p» taqdimot marosimi bo`lib o`tadi

Bugun Syurix shahridagi "Kongress Xoll" anjumanlar binosida "Oltin to`p" taqdimot marosimi bo`lib o`tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 22.00da boshlanishi kutilmoqda.
Marosim davomida bir qator sovrinlar o`z egalariga topshiriladi. Ular: "Oltin to`p", "Dunyoning eng yaxshi ayol futbolchisi", "Yilning eng yaxshi murabbiyi", "Yilning eng yaxshi ayollar jamoasi murabbiyi", FIFA prezidenti sovrini, "Halol o`yin" sovrini, Ferens Pushkash sovrini. Shuningdek FIFPRO ramziy terma jamoasi ham aniqlanadi.
Eslatib o`tamiz, "Oltin to`p" sovriniga Lionel Messi, Manuel Noyer va Krishtianu Ronaldu da`vogarlik qilmoqda.
Quyida "Oltin to`p"ni qo`lga kiritish bo`yicha qaysi jamoa vakillari qanday natija qayd etgani bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

"BARSELONA"   ISPANIYa     10
"YuVENTUS"      ITALIYa     8
"MILAN"          ITALIYa     8
"REAL"             ISPANIYa     7
"BAVARIYa"       GERMANIYa     5.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1