AsosiyDunyo

Fransiyaning sobiq prezidenti IShID etakchisining o`limi to`g`risida: «Zarba halokatli emas!»

'Fransiyaning sobiq prezidenti IShID etakchisining o`limi to`g`risida: «Zarba halokatli emas!»'ning rasmi

Fransiya sobiq prezidenti Fransua Olland IShID etakchisi Abu Bakr al-Bag`dodiyni yo`q qilinishini tashkilot uchun «og`ir zarba» deb atadi, ammo tashkilot uchun «halokatli» emas, deya xabar berilmoqda regnum.ruga tayanib.

«Men hujum qurbonlari oilalari haqida o`ylayman: endi ular hujumlarga homiylik qilgan terrorchilik tashkiloti rahbari o`lganligini bilishadi», deb javob berdi Fransua Olland Fransiya telekanalida.

«Bu butun koalisiyaning g`alabasi», deya qo`shimcha qildi u.

Fransiya sobiq prezidentining so`zlariga ko`ra, bu juda kuchli zarba, chunki ular tashkilot etakchisini yo`q qilishgan, ammo bu halokatli zarba emas, chunki o`z hududiga ega bo`lmagan terroristik tashkilotning hanuzgacha jangchilari bor va muammolar bo`lsa, ularning soni ko`payishi mumkin.

«Ish hali yakunlanmagan», dedi sobiq davlat rahbari AQShning Suriyadan chiqib ketishini tanqid qilib.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar