1

«Ey, sinfdosh» qo`shig`i bilan tanilgan «Oqshom» guruhi yakkaxoni qamoqda o`tgan 9 yili haqida gapirib berdi (video)

Madaniyat 29.10.2019, 15:07
Teglar: Video
«Ey, sinfdosh» qo`shig`i bilan tanilgan «Oqshom» guruhi yakkaxoni qamoqda o`tgan 9 yili haqida gapirib berdi (video)

«Ey sinfdosh», «Nilufar», «O, rashk» qo`shiqlari bilan mashhurlikka erishgan «Oqshom» guruhining yakkaxoni Zokir Sobirov «Daryo» uchun intervyusida qamoqda o`tgan to`qqiz yillik hayoti haqida gapirib berdi.

Zokir Sobirov, «Oqshom» guruhi yakkaxoni:

— Ijodni 1995 yilda boshlagan bo`lsak, ketma-ket aytgan qo`shiqlarimiz omadimiz kelib xit bo`lib ketdi. O`zimiz bilmagan holda tanildik. Odam tanilgani sari dushmani ham ko`payar ekan. Biz bilmaymiz, do`st kim, dushman kim. Xullas, e`tibor bermagan ekanmiz, dushmanimiz ham ko`payib, oxiri shu qo`shiqlarni orqasidan ham ko`tarildim, maza qilib o`ynab-kulib yurdim-u, o`zim yaxshi ko`rgan kasbimni qildim-u, lekin shuni orqasidan to`qqiz yil qamoqda shu xursandchiliklarimning azobni tortdim. Bu narsani do`st-u, dushmanga ravo ko`rmayman.

Ko`chada yurganimda oq-qorani ajrata olaman deb o`ylar edim. Lekin bu narsa noto`g`ri ekan. Qachonki odam o`zidan o`tganini o`zi bilsa, qamoqda bo`lsa, yaqinlaridan uzoqda bo`lsa, kim qanaqa, kim yaxshi kim yomonligini anglab etarkan. To`qqiz yil bu juda katta vaqt. To`qqiz yilda bir bola voyaga etadi. Shu yillar ichida shu joylarning azobini ko`rib chiqdim. U erda juda katta xulosa chiqardim. O`zim uchun bir tomondan yaxshi bo`ldi. Dunyoqarashim o`zgardi. Oldin boshqa odam edim, hozir umuman boshqa odamman. Allohga behisob shukr, etkazganiga shukr, sog`-salomatman. U erlarda ham muxlislarimiz bor ekan, bizni qo`llab-quvvatlab turishdi.

Ko`chada qilib yurgan ishimni qamoqda ham qildim, o`sha erda qo`shiq kuylab yurdim. Haqiqatni aytish kerak, qo`shiqni orqasidan, Xudo yuqtirgan ekan, shu erda ham sindiraman degan dushmanlarim sindira olmadi. Nimaga? Xudo yuqtirsa, hech kimni qo`li etmas ekan. Xudoga shukr u erda ham hurmatim bo`ldi. Xodimlar ham juda yoqtirar edi. Sahna bo`lardi, sahnada qo`shiq aytardik, qo`shiq yaratar edik. U er ham kichkina shaharcha, u erni ham qonun-qoidasi boshqa. Ko`chada boshqa, u erda boshqa. O`sha erda ham Xudoga shukr  topib, sog`-salomat chiqdik. Shu sabab ham to`qqiz yil yo`q bo`lib ketdik.

Endigi harakatlar, avvalo Xudo, keyin oldinga qarab talpinish, talpinish va yana talpinish. Niyatim— oldingi darajamdan yanada yuqoriroq pog`onaga chiqish. Baribir hammasi Xudodan ekan, omad kelsa hech gap emas. Birinchi o`rinda Xudodan so`rab qolaman, lekin, harakatdan to`xtamayman.

 

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1