AsosiySport

“Humo” xokkeychilari Moskvaga boradi

'“Humo” xokkeychilari Moskvaga boradi'ning rasmi

O`zbekistonning "Humo" xokkey klubi oltita o`yinda 12 ta imkoniyatdan 10 ochko to`plagan holda safarda va o`z uyida o`tkaziladigan uchrashuvlarda a`lo darajada natija ko`rsatdi.Bugun jamoa Moskvaga uchib ketadi, va  erda «Zvezda jamoasi bilan bellashadi,  keyin esa Moskva viloyatidagi Voskresensk tumanida mahalliy «Ximik» jamoasi bilan kuch sinashadi.

-«Zvezda» jamoasi - hozirgi vaqtda Evrosiyodagi eng yaxshi klub - o`tgan mavsumning Gagarin nomidagi kubok sohibi Moskva SSKA jamoasining farm-klubidir. Voskresenskning «Ximik» - Moskvadagi eng mashhur Rossiya klubi «Spartak»ning farm-klubidir.  MXL klublari o`zlarining shu`ba jamoalarini ikki tomonlama shartnomalar bo`yicha o`yinchilar bilan osonlikcha kuchaytirishi mumkinligini hisobga olsak,  bizni jo`shqin o`yinlar kutmoqda, - deydi «Humo” jamoasi rahbari Evgeniy Popixin. –Biroq,  «Humo» jamoasida hech kimning oldindan taslim bo`lish niyati yo`q.  Sankt-Peterburgda bundan-da kuchliroq jamoalar, JXL chempionatining etakchilari «SKA-Neva» va «Dinamo» jamoalari bilan ham o`ynaganmiz va uch ochkoni qo`lga kiritganmiz.

    Boshqa yangiliklar