IShID terroristik tashkiloti o`z rahnamosi va etakchisi Abu Bakr Al-Bag`dodiyning o`lganligi haqida tarqalgan xabarlarning rostligini tasdiqladi. Buni AFP agentligiga tayanib "Daryo" ma`lum qilmoqda
Amerika qurolli kuchlari markaziy qo`mondonligi rahbari Kennet Mekkenzi Oq uyda jurnalistlar uchun o`tkazilgan brifing vaqtida IShID terrorchilik tashkiloti etakchisi Al-Bag`dodiyni yo`q qilish bo`yicha operasiya vaqtida olti nafar jangari, jumladan, to`rt nafar ayol o`lganligini bildirgan. Pentagon IShID etakchisiga qarshi operasiya videosidan parchani e`lon qilgan.
Abu Bakr Al-Bag`dodiy Suriyaning Idlib viloyatida AQSh harbiylarining hujumi natijasida o`lgan, aniqrog`i maxsus qo`shin askarlaridan tonnelga qochib berkingan, u erda o`zini va ikki nafar bolani portlatib yuborgan.
IShID rahnamosi bo`lgan Bag`dodiy o`rnini uning yordamchilari Abu Abdul Rahmon al-Jezrauiy yoki Abu Usmon al-Faransiy egallashi taxmin qilingan. Keyinroq IShID tashkiloti rahbarligi kelib chiqishi turkman millatiga mansub iroqlik sobiq zobit Abdulla Qardoshga o`tishi ma`lum bo`lgan.
Bag`dodiyning jasadi qoldiqlari bir vaqtlar «Al-Qoida» rahbari Usama Bin Laden murdasi kabi dengizga oqizilishi taxmin qilingan va Iroqdagi AQSh harbiy bazasiga olib kelingan.
Suriyaning Idlib viloyati Barisha qishlog`ida yashovchi aholi IShID etakchisini tanimagani va uni ipak hamda matolar sotuvchi xorijlik savdogar deb hisoblagani xabar qilingan.
Eslati o`tamiz, IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.