AsosiySiyosat

O`zbekiston Prezidenti Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

'O`zbekiston Prezidenti Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ShHTga a`zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O`zbekiston bilan Tojikiston o`rtasidagi do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining birgalikdagi sa`y-harakatlari bilan strategik sheriklik darajasiga ko`tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Qohir Rasulzoda O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga har doimgidek samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, madaniy-gumanitar sohalar va boshqa ustuvor yo`nalishlarda erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni o`z vaqtida va to`liq hajmda amalga oshirish muhimligi qayd etildi. 

Chegaradosh hududlar o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Boshqa yangiliklar