1

Qirg`iziston Bosh vaziri bilan uchrashuv

Siyosat 02.11.2019, 10:03
Qirg`iziston Bosh vaziri bilan uchrashuv

Toshkentda o`tayotgan ShHTga a`zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi tadbirlari doirasida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg`iz Respublikasi Bosh vaziri Muhammadqaliy Abilg`aziev bilan uchrashdi.

Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, xususan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Bosh vazirlar O`zbekiston – Qirg`iziston hamkorligi barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar bunda muhim omil bo`layotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Uchrashuvda mintaqalararo hamkorlikni har tomonlama faollashtirish muhimligi ta`kidlandi. Chegaradosh hududlararo to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni chuqurlashtirish bo`yicha muloqotni davom ettirish qardosh xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1