AsosiyShou-biznes

Manzuradan yangi albom va fotosessiya

Ayni paytda o`zining ilk yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik ko`rayotgan xonanda Manzura muxlislar uchun mo`ljallab qo`yilgan sovg`alarini birin-ketin taqdim eta boshladi.

Bu ijodiy tuhfalar esa konsert dasturi a`lo darajada o`tishidan dalolat beradi. Bugun esa Manzuraning konsert oldi tayyorlangan yangi fotosuratlarini e`tiboringizga havola etamiz. 

Milliylik ruhidagi suratlarda Manzuraning antiqa aksessuarlari yaqqol ko`zga tashlanadi. Bu suratlarning ayrimlari xonanda tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilganida muxlislar a`lo baho berishdi. 

Eng asosiysi esa, Manzuraning yangi albomi ham muxlislar uchun taqdim etildi. Bu to`plamdan naqd 53 ta qo`shig`i joy olgan. Eng yorqin duetlar, xit taronalar va rus tilidagi sara qo`shiqlar mazkur albomdan joy olgan. Albomdan shuningdek, bonus sifatida 4 ta klip ham o`rin olgan.

manba: popcorn.uz

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar