AsosiySalomatlik

Ko`p ishlagan, ko`p ichadi

Olimlarning tasdiqlashicha, har bir ortiqcha ish soati ichish ehtimolini yanada orttirar ekan.

Boshqalarga qaraganda ko`p mehnat qiladigan odamlarning alkogolik bo`lish ehtimoli ko`proq ekan. Bunday ajoyib xulosaga barcha adabiyotlarni o`rganib chiqqan fin olimlari kelishdi.

Xelsinkidagi Finlandiya mehnat gigienasi instituti doktori Marianna Virtanen boshchiligidagi olimlar tomonidan kimki vaqtining ko`p qismini ish joyida o`tkazsa, o`sha odamda spirtli ichimliklarni tibbiyotda belgilangan midqordan ko`proq iste`mol qilishi tasdiqlandi.

Ular o`z tadqiqotlari natijalari to`g`risida British Medical Journal  jurnalining so`nggi sonida e`lon qilishdi.

Ko`p ishlaydigan odamlarning ko`p ichishi haqidagi fikrni biirnchi bo`lib Doktor Virtanen guruhi aytdi deyish noto`g`ri bo`ladi, ammo ularga hurmat saqlagan holda velosiped ixtiro qilishmaganini, balki birinchi bo`lib yig`ishganini aytish mumkin.  

14 mamlakatning 313 693 fuqarosi ishtirokidagi tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, ularning 11 foizi ish ko`pligida ortiqcha ichimlik qabul qilishadi.

Shuningdek, 9 mamlakatning 100 602 fuqarosi qatnashgan tadqiqot shuni ko`rsatdiki, haftasiga 35-40 soat ishlaydigan odamlar 49-54 soat ishlaydiganlarga qaraganda 13 foiz kamroq spirtli ichimliklarga qaram bo`lishadi.

    Boshqa yangiliklar