AsosiyDunyo

Ming yillardan sado beruvchi daraxtlar

Baobab daraxtini hayot daraxti deb atashsada, aslida uning 9 xil turi bo`lib, ular asosan Afrika, Avstraliya va Arabiston yarim orolida uchraydi. Fotograf Bet Mun mana shu daraxtlarning suratini olish bilan shug`ullanadi. U o`zining “Qadimgi daraxtlarning hayot surati” kitobida ming yillar davomida yashab kelayotgan baobab daraxtlari haqida so`zlab o`tadi va ularning suratini namoyish etadi.

Bet Mun daraxtlarni uch holatiga qarab tanlaydi. Birinchisi yoshi, ikkinchisi kattaligi va uchinchisi tarixi. U tarix kitoblariga, o`simliklar qo`llanmasiga, gazeta maqolalariga tayangan holda ularni o`rganadi.

Ayrim daraxtlar sayyoramizning bir necha nuqtalaridagina uchraydi. Ulardan biri Madagaskar orolida joylashgan.

Mun daraxtlarni suratga olishda eski fotoapparatdan foydalanadi. Bu usul bilan u nafaqat qadimiy daraxtlar haqida, balki o`tmish odamlari va fotografiya tarixi haqida ham ma`lumot berishni istaydi.

Fotograf platina, palladiy va temir kukunini aralashtirib, tayyor qorishmani qo`l yordamida qog`ozga surtadi va uni yorug` joyga qo`yib qo`yadi. Qorishma qog`ozga singib ketadi. Bunday qog`ozlarga olingan suratlar asrlar davomida saqlanishi mumkin.

Munning fikricha suratlarni shu usulda ishlanishi u va daraxtlar o`rtasida ruhiy bog`liqlik hosil qiladi.

Munning ishonchi komilik bu daraxtlar Er sayyorasining ramziga aylanib bo`lgan, shu bois ularni kelgusi avlodlarga etkazish kerak.

Uning ta`kidlashicha, insoniyat tabiatni asrab qolish uchun kurashayotgan bir davrda u qilayotgan ishlar a`lodir.

“Biz mana shu daraxtlarga qarab vaqtning qanchalik qadrli ekanligini his eta boshlaymiz va o`zimizni ruhan unga bog`liqligimizni his etamiz. Ana shunda ular bizning bir qismimizga aylanadi”, — deb yozadi o`z kitobida Mun.

Monumental daraxtlarni saqlab qolishni boshqa bir yo`li bor. Yo`qolib borayotgan ayrim daraxt turlarini saqlab qolishning imkoni yo`qligi sabab, ularning suratini olib qolish kerak.

Madagaskar g`arbidagi baobablar alleyasi. U erdagi eng yosh daraxt 800 yoshda.

manba: xabardor.uz

    Boshqa yangiliklar