Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xatirchi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.K. turmush o`rtog`i S.A.ning nomiga “I.B.” MChJni tashkil etib soliq va boshqa majburiy to`lovlarni qasddan yashirib kelganligi aniqlangan.
Xususan, xaridorgir mahsulotlar sotuvidan tushgan 2,6 mlrd. so`m naqd pul mablag`larini bank muassasasiga topshirmasdan savdo va xizmat ko`rsatish qoidalarini juda ko`p miqdorda buzib kelganligi hamda soliq va boshqa majburiy to`lovlarni to`lamaslik maqsadida, amalga oshirgan tovar aylanmasini hisobotlarida kamaytirib ko`rsatib, jami 196,4 mln. so`mni yashirgan.
Mazkur holat yuzasidan “I.B.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 184 va 189-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.